Bir yildan so‘ng Karius ilk bora rasmiy uchrashuvda ishtirok etadi

  • 20 fevral, 2023, 18:16
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Loris Karius "Nyukasl" safida "Manchester Yunayted"ga qarshi Liga kubogi finalida o‘ynaydi. APLning 24-turidan o‘rin olgan "Liverpul" bilan bahsda "Nyukasl" darvozaboni Nik Poup jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni qo‘liga olgani uchun maydondan chetlatildi.

Tecno

Shu tufayli Poup Angliya liga kubogi finalini o‘tkazib yuboradi. "Nyukasl"ning ikkinchi darvozaboni Martin Dubravka ham o‘ynay olmaydi. Sababi, u liga kubogining ushbu mavsumida "Manchester Yunayted" safida o‘ynagan.

Endi katta ehtimol bilan oxirgi marta 2021 yilning fevralida maydonga tushgan Loris Karius MYuga qarshi "Nyukasl" darvozasini himoya qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!