Birdan boyib ketgan “Nyukasl” super transferlarni boshladi

  • 23 may, 2020, 15:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Saudiya Arabistoni investorlari qo‘liga o‘tgan “Nyukasl” tarkibini kuchaytirish uchun yuqori saviyali futbolchilarni transfer qilishga kirishdi.

Angliyaliklar birinchilardan bo‘lib “Bavariya” himoyachisi Lukas Ernandesni qo‘lga kiritmoqchi. Lukas bir yil muqaddam “Bavariya”ga “Atletiko”dan 80 million evro evaziga olib kelingan.

Joriy mavsum 14 ta o‘yinda qatnashgan Ernandes  hamkasbi Virjil van Deykdan keyin futbol tarixidagi eng qimmat himoyachi hisoblanadi.

“Nyukasl” yozgi transferlar jarayonida o‘z safiga Garet Beyl, Koutino va bir qator yulduz futbolchilarni qo‘shib olishni rejalashtirgan.

“Bunyodkor”ning sobiq sardori: Angliyaga bor ukam, super yulduz bo‘lasan!

Xolandning qanday kuchaygani oshkor bo‘ldi

“Bunyodkor”da o‘ynagan yulduz Xolandga baho berdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!