
Birinchi bo‘lib, shu beshtasi ketadi
Muaffaqiyatsiz mavsumdan eyin “Chelsi”da katta tozalash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Klub mutasaddilari bir necha futbolchi xizmatidan voz kechishga tayyor. Ular orasida shartnomasi yakunlanayotganlarga yangi bitim berilmaydi. O‘zaro hamkorlik kelishuvi yakunlanmaganlar esa transferga qo‘yiladi.
Taniqli insayder Ben Djeykobs “aristokratlar” birinchi bo‘lib qutilishni istayotgan o‘yinchilar ro‘yxatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Per-Emerik Obameyang, Ruben Loftus-Chik, Konor Gallaxer, Kristian Pulishich, Hakim Ziesh yozda o‘ziga yangi jamoa topishi kerak bo‘ladi.
Klub muxlislari besh nafar futbolchi orasidan “Chelsi” o‘zi tarbiyalagan Konor Gallaxerga yana imkoniyat berilishini kutyapti.
Fikrlar