
Birodar Abduraimov: Yurt uchun bunday futbol o‘ynalmaydi
O‘zbekistonning JCh-2022 saralash bosqichining ikkinchi raundini o‘zidan kuchsiz bo‘lgan Falastinga yutqazgan holda boshlagani keskin tanqid ostiga olinayotgani to‘g‘ri, albatta. Hammani g‘azablantirgan va qattiq ranjitgan bu o‘yin atrofida turli gap-so‘zlar paydo bo‘lmoqda. Ayniqsa, jamoa o‘yini va murabbiy tomon jiddiy tanqidlar aytilayotgani ham tabiiy hol. O‘zbek futboli tarixida esa o‘zidan nom qoldirgan, afsonaga aylangan kishilarimiz ham bor. Birodar Abduraimov ana shunday insonlardan biri. Terma jamoamizning mag‘lubiyatidan qattiq xafa bo‘lgan mutaxassisdan jamoaga taalluqli ayrim savollarga javoblar oldik.
- Birodar Hasanovich terma jamoamizning Falastinga qarshi o‘yini haqida qanday izoh bera olasiz?
- Qisqacha aytaman: yurt uchun bunaqa futbol o‘ynalmaydi. Bunday o‘ynagandan ko‘ra o‘ynamagan yaxshi. O‘yingacha muloyim bo‘lamiz-u, o‘yinga chiqqanda hamma o‘zini chetga olyapti. Bu mumkin emas. Yo futbol o‘ynash kerak yoki umuman o‘ynashmasin. Mamlakatni bunday o‘yin bilan sharmanda qilish umuman kerak emas. Buning ustiga raqib qo‘pol o‘ynasa, biznikilar o‘zini chetga oldi. Xullas, biznikilar o‘ynashmadi. Taktika haqida murabbiylarning o‘zlari bilishadi. Chunki jamoaning o‘z murabbiyi bor. Yutqazgandan keyin bahona qidirishning hojati yo‘q.
- Bu mag‘lubiyatdan so‘ng endi ko‘pchilik Ektor Kuperning iste’fosini talab qilishmoqda. Sizningcha, u qolishi kerakmi yoki ketishi?!
- O‘rtada shartnoma bor-ku. Shartnoma qanday tuzilganidan biz xabardor emasmiz. Hozir terma jamoa saralash bosqichidagi endi birinchi o‘yinini o‘tkazdi. Balki keyingi uchrashuvlarda vaziyat o‘zgarib, g‘alabalar qozonishni boshlarmiz. Lekin bu mag‘lubiyat hammamizni ranjitdi. O‘zbek futboli o‘zining hujumchilari bilan hammaga tanilgan. Hammasi murabbiyga bog‘liq. Xalq futbol uchun keladi-da, ularni hujumkor o‘yin bilan xursand qilish lozim.
- Hozirgi vaziyatdan kelib chiqqan holda Birodar Abduraimov qanday maslahat va yo‘l-yo‘riq ko‘rsata oladi?
- Bizga hali biror nima haqida gapirish u yoqda tursin, murabbiy bilan tanishmaganmiz hatto. O‘FAdagilar bir og‘iz bizni tanishtirishganida ularga o‘zimizning takliflarimizni aytardik. Lekin chaqirishmagan va bir-birimizni bilmaymiz ham. «Paxtakor» stadionida o‘yin bo‘lsa, ular nariroqda o‘tirishadi. Ammo meni bilmagan va tanimagan odamning oldiga men pistonchiman deb bormayman-ku. Afsuski, O‘FAdagilar bu borada tanishtirishmagan ham, bu ularning kamchiligi deb o‘ylayman.
- Baribir Falastinga yutqazib qo‘yganimizni xazm qilish qiyin bo‘lyapti…
- Afsuski, futbolimiz shu havolga tushib qoldi. O‘zbekiston kim-u, ular kim? To‘g‘ri, yutqazish har qanday jamoaga mumkin. Lekin bunday raqibga…ochig‘i, vatan uchun bunday mag‘lubiyatga sira rozi bo‘lolmayman. Futbolchilarimiz yurt uchun o‘ynashganida bunday bo‘lmasdi.
Fikrlar
Биринчи бўлимда Фаластин биздан қўрқиб, чўчиб ўйнади. Иккинчи бўлим бошида хам, кейин кўрдики Ўзбекистонни бўлгани шу ва қўрқмай олдинга ўтишни бошлади. Бизнинг футболчилар ватанпарварлик рухида хар қанча баландпарвоз гапиришмасин, улар учун пул, шахсий манфаат, карьера биринчи ўринда экан. Ўйинни бошидан охиригача бирор бир футболчимизда, русча айтганда "самоотдача", ўзбекчасига жонини жабборга бериш, иштиёқ деган нарсани кўрмадим. Сунъий майдон экан деб жарохат олишдан қўрқиб, тезроқ тўпдан қутилиш пайида бўлишди. Сон саноқсиз брак ва хатолар хам шуни орқасидан.
Ўйлашингиз мумкин, бұ "куперчи" шекилли, футболчиларни ёмонлаб, мураббийни оқламоқчи деб. Йўқ ундай эмас. Тўғри Купер хато тактика бераётгандир, мотивация бера олмаётгандир... Лекин майдонга чиққанлар ўзбек ўғлонларику, ЎЗБЕК номи учун ўйнагандан кейин, йиртиб ташламайдими!!!?? Куперга хатосини майдонда кўрсатиб қўймайдими!? Йўқ, битта Жарохат олса жамоасидаги жойини йўқотиб қўядику бояқиш... Ватан уни клуби берган пулни берармиди...
Ўша куни терма жамоамиз ўйинидан кейин Россия термаси ўйинини кузатдим. Юқорида айтганим самоотдачани қаранг. Уларни нима билан рухлантиришган билмадиму, бизникиларга шундан катта дозада бериш керак. Агар шу бизникилар қилган ўйинни мисол учун Шимолий Кореялик футболчилар кўрсатганда ватанида хоинликда айбланишига шубха йўқ. Бизда эса хамма ёқ тинч, худди шундай бўлиши керак дек. Энг хайрон қолаётганим хаттоки ЎФА рахбарияти бирон бир муносабатини билдирмади ўйин борасида... Салбийми, ижобийми, нейтралми жаноб Эрматовни фикрларини эшитиш биз учун қизиқ бўларди. Нима учун у киши жим!? Менимча хозир хаммамиз ёмонлаётган ўша Ахмаджонов хам ўз муносабатини билдирган бўларди. Катта эхтимол Ахмаджонов фаластинга хам жамоа билан учиб ўйинни стадионда кузатган буларди. Нима учун ЎФА жим? Ёки олдинги рахбариятнинг провалини кўрсатиб қўйиш учун бу цикл қурбон қилиняптими... Хуллас доимгидек саволлар кўп, жавоб йўқ...
Naxotki 4 4 2 da uynomasa bu c lar
Менимча таништиришда эмас хали мураббий танлашдан олдин фахрийлар б/н маслахатлашиш шарт эди.
Кари билганни ПАРИ билмас)))- деган машоихлар.
Уша хатоларни жабрини мана энди биз мухлислар тортяпмиз, хали яна бир муддат жабр тортсак керак.