
Bittada olti o‘yinchi ketadi
PSJ klubining yangi sport direktori Luis Kampos yozgi transferlar mavsumi davomida birdaniga olti futbolchi bilan xayrlashishga qaror qildi.
Manbaning ta’kidlashicha, kelasi mavsum oldidan Ander Errera, Idrissu Guye, Jorjino Veynaldum, Leandro Paredes, Leven Kyurzava va Mauro Ikardi o‘ziga yangi jamoa topishiga to‘g‘ri keladi.
Yuqorida nomi keltirilgan futbolchilar orasida Veynaldum yangi o‘yinchi hisoblanardi. U o‘tgan yoz erkin agent sifatida “Liverpul”dan kelgan. Biroq, Frantsiya chempionatidagi ilk mavsumi omadsiz chiqdi.
Fikrlar