Biz bilgandik, biz kutgandik. Yoxud Belarus chempionati ham to‘xtatilishi mumkin
Dunyoda koronavirus pandemiyasi keng tarqalayotgan bir vaziyatda belaruslik ishqibozlar mamlakatda futbol uchrashuvlarining davom ettirilishiga qarshi chiqishmoqda.
BATE, «Dinamo» Minsk, «Nemana», «Dinamo» Brest va «Shaxtyor» Soligarsk klubi muxlislari chempionatning to‘xtatilishini xohlashmoqda. Ushbu jamoa muxlislari uchrashuvlarni tomosha qilish uchun stadionlarga kelmay qo‘yishgan va boshqalardan ham shunday qilishni so‘rashmoqda.
Ta’kidlash kerakki, Belarus chempionati Evropada davom etayotgan yagona professional futbol musobaqasi hisoblanadi. U erda ikki nafar hamyurtimiz - Jasur Yaxshiboev va Shahboz Umarovlar to‘p surishmoqda.

Fikrlar
Хар кандай футбол чемпионатидан инсон(мухлислар) саломатлиги юкори туриши шарт.