Biz Kavani kelishini kutyapmiz!
Urugvaylik to‘purar Edinson Kavani faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. “Manchester Yuneayted”ni tark etganidan keyin erkin agent maqomida yurgan futbolchi “Vilyarreal” bilan muzokara olib bormoqda.
Bu ma’lumotni ispan klubi bosh murabbiyi Unai Emeri ham tasdiqladi.
- Men Edinson Kavani bilan suhbatlashdim. Biz do‘stona aloqadamiz. U haqiqatan Ispaniya chempionatiga kelishni istayapti. U “Vilyarreal”da to‘p tepishi mumkin, - dedi Unai Emeri.
35 yoshli hujumchi Evropaga kelganidan buyon “Palermo”, “Napoli”, PSJ va “Manchester Yunayted” jamoalarida to‘p tepgan. Klublar miqyosida jami615 ta uchrashuvda maydonga tushib, 360 ta gol va 73 ta assist muallifi bo‘lgan.
Shuningdek, Edinson Kavani Urugvay terma jamoasi uchun 133 ta o‘yinda 58 ta to‘p kiritgan.

Fikrlar