
Bizda Beylga o‘rin yo‘q!
“Tottenxem”ning yangi bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu yangi mavsumda Garet Beylni o‘ynatmasligi haqida bayonot berdi.
- Beyl bizning jamoamizning bo‘lagi bo‘lolmaydi!, - dedi Santu qisqa va aniq qilib.
Ma’lumotlarga qaraganda, Beyl “Real”ga qaytali va kelasi yili yozda shartnomasi yakunlangunga qadar “Qirollik klubi” ixtiyorida bo‘ladi. Yakunlangan mavsumni “Tottenxem”da ijarada o‘tkazgan futbolchi 20 ta uchrashuvda qatnashib, 11 ta gol urdi va ikkita golli pas uzatdi.
Garet Beyl “Real” bilan shartnomasi tugashi bilan klublar miqyosidagi faoliyatini tugatish va faqatgina Uels terma jamoasi uchun o‘ynash haqida o‘ylayotganini ma’lum qilgan edi.
Fikrlar