Bizni 2026 yilda super to‘qnashuvlar kutmoqda!
Aleksandr Usik davri sekin-asta yakunlanayotgan bo‘lsa-da, og‘ir vazn toifasida qiziqarli janglar tug‘gani yo‘q. Ukraina vakili chempionlik kamarlarini bo‘sh qoldirgani ortidan yil oxirigacha bir yo‘la to‘rtta jahon chempionlik jangi o‘tkazilishi mumkin. Eng yaqin jang 29 avgust kuni Londonda bo‘lib o‘tadi. Mazkur oqshomda Filip Hrgovich (20–1, 15 KO) va Mozes Itauma (14–0, 12 KO) IBF chempionligi uchun ringga ko‘tariladi. Bu juftlikda g‘olib chiqqan bokschi dekabr oyida Frenk Sançes(26–1, 19 KO)ga qarshi majburiy himoyani o‘tkazishi kerak. Shu tariqa, faqatgina IBF ning o‘zida yil oxirigacha kamida ikkita chempionlik jangi kafolatlanmoqda.
Daniel Dyubua (23–3, 22 KO) va Fabio Uordli (20–1–1, 19 KO) o‘rtasidagi revanş esa rejalashtirilganidan oldinroq o‘tishi mumkin. Hozircha taklif etilayotgan sana — 17 oktabr. WBO kamari uchun ilk bahs allaqachon "Yil jangi" unvoniga jiddiy da’vogarlik sifatida tilga olinayapti.
Promouter Eddi Hirn WBA chempioni Murat Gassiev (34–2, 27 KO) va Jarrell Miller (28–1–2, 22 KO) o‘rtasida muzokaralar olib borayotganini tasdiqladi. Agar kelishuvga erishilsa, bu to‘qnashuv joriy yil og‘ir vazndagi to‘rtinchi jahon chempionlik jangiga aylanishi mumkin.
WBC kamari hozircha mag‘lubiyatsiz odimlayotgan Agit Kabayel (27–0, 19 KO) qo‘lida. Uning keyingi rejalari hali ochiqlanmagan. Biroq Eddi Hirnning ta’kidlashicha, agar Miller Gassievni mag‘lub etsa, WBA va WBC kamarlarini birlashtirish bo‘yicha Kabayel bilan jangni qisqa fursat ichida tashkil etish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Fikrlar