Bleyds – Lyuis jangi bekor qilindi
"UFC on ESPN 19" turnirining markaziy jangi bekor qilindi. Bunga Bleydsda koronavirus aniqlangani sabab bo‘ldi. Bu haqda, jurnalist Ariel Xelvani ma’lum qilmoqda.
"Kertis Bleyds va Derrik Lyuis qarama-qarshiligi UFCning navbatdagi turnirida asosiy kard bo‘lib xizmat qilishi kerak edi. Ammo, ko‘plab manbalarning ta’kdilashicha, Bleydsda COVID-19 infektsiyasi aniqlangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, promoushen ushbu jangni dekabrga qoldirmoqchi, ammo hali rasmiy xabar berilmadi," - dedi Xelvani.

Fikrlar