Bloger Jeyk Pol Konor Makgregorni engish uchun necha raund kifoya ekanligini aytdi

  • 28 mart, 2022, 16:51
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Bloger Jeyk Pol UFC jangchisi Konor Makgregor (22-6) bilan jang uchun UFC bilan shartnoma imzolamoqchi ekanligini tasdiqladi.

Tecno

"Uaytdan hozircha sado yo‘q. U akamning podkastida bo‘ldi, ammo bu mavzuni muhokama qilmoqchi emas.

Uayt  Konor uchun juda kattaligimni aytmoqda, biroq bizning vaznimiz hozir bir xil. Ikkimiz ham janglar orasida 85 kg atrofida tosh bosamiz va men UFC da MMA qoidalari bo‘yicha jang qilishga tayyorman.

Makgregorni enga olishimni bilaman. Odamlar meni aqldan ozgan deb o‘ylaydi, ha bu rost. Shuning uchun  bu marralarga etishdim. Chunki men aqldan ozganman va o‘zimga ishonaman.

Konorda hozir pasayish kuzatilmoqda. Uning  oyoq-qo‘llari singan. Shunday ekan men uni birinchi raundda  nokautga uchrataman", - dedi Jeyk Pol.

Ma’lumot uchun, Jeyk Pol o‘ziga xos professional boks bo‘yicha 5 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. 4 tasini nokaut bilan yakunlagan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!