
Boateng "Bavariya"ning qaroridan hayron qoldi
"Bavariya" himoyachisi Jerom Boateng agar unga yangi shartnoma taklif qilishmasa, myunxenliklar safidan ketishga tayyorligini bildirdi.
“Bilasizmi, men sayohat qilishni yaxshi ko‘raman. Menga yangi shaharlar, turli mamlakatlarning madaniyati bilan tanishish yoqadi. Shuning uchun, menga Parij, London, shuningdek, Evropadan tashqaridagi boshqa shaharlar qiziqarli tuyuladi.
"Bavariya" men bilan shartnomani uzaytirmoqchi emasligini bilganimda hayron qoldim. Ammo endi bu meni endi bezovta qilmaydi. Men yangi vazifani bajarishga tayyorman”, - dedi Boateng.
32 yoshli futbolchi joriy mavsum “Bavariya” safida bor yo‘g‘i 5 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi.
Fikrlar