Boateng Berluskonining jamoasiga o‘tdi
"Montsa" tez orada o‘z safini "Fiorentina" yarim himoyachisi Kevin-Prins Boateng bilan kuchaytiradi.
La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “Montsa” 33 yoshli ganalik futbolchi bilan 1 yillik shartnoma imzolagan. Boateng ertaga jamoaga kelib qo‘shiladi.
Ta’kidlash kerakki, “Montsa” klubi “Milan”ning sobiq xo‘jayini Silvio Berluskoniga tegishli.
Kevin-Prins Boateng “Fiorentina” safida o‘tgan mavsum 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi. Mavsumning ikkinchi yarmini esa “Beshiktosh”da ijarada o‘tkazdi.
Fikrlar