
Bob Arum Aleksandr Usikni zaif jihatini aytdi
Og‘ir vazn toifasida WBC chempioni Tayson Fyurining promouteri, Top Rank kompaniyasi prezidenti Bob Arum Aleksandr Usikka yoshi halal berishi mumkinligi haqida so‘z yuritdi.
"Usik - ajoyib bokschi. Ammo yaxshi e’tibor berilsa, u avvalgidek emasligini ko‘rishingiz mumkin. Balki u faqat tanaga zarba berish bilan cheklanib qolayotganga o‘xshaydi. Uning Dyubuaga bilan jangini ko‘rdim. Beldan past qismiga zarba berish bo‘yicha bahsli vaziyat yuzaga kelgandi. Usik tiklanib olishga besh daqiqa vaqt oldi. Haqiqat shundaki, uning tanasi qarib qolmayaptimi? Biz buni bilmaymiz", - dedi Arum.
Eslatib o‘tamiz, Tayson Fyuri 18 may kuni Ar-Riyodda Aleksandr Usikga qarshi mutlaq chempionlik uchun ringga ko‘tariladi.
Fikrlar