Bob Arum Tayson Fyuri va Aleksandr Usik jangi qachon bo‘lishini ma’lum qildi

  • 19 sentabr, 2023, 11:59
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Tayson Fyurining amerikalik promouteri Bob Arum Fyuri va Aleksandr Usik o‘rtasidagi og‘ir vaznda mutlaq jahon chempioni unvoni uchun jang yaqin kelajakda bo‘lib o‘tishiga ishonadi.

Tecno

WBC chempioni Fyuri va WBA, IBF va WBO chempioni Usikning jamoalari shu yilning bahor va yoz oylarida jang o‘tkazish bo‘yicha kelisha olishmadi, Usik esa avgust oyida WBA  yo‘nalishi bo‘yicha majburiy da’vogar Daniel Dyubuaga qarshi jangda o‘z chempionlik unvonini muvaffaqiyatli himoya qildi, Fyuri esa 28 oktabr kuni sobiq UFC  chempioni Frensis Ngannuga qarshi jang o‘tkazadi.

"Bu qiyin bo‘lmaydi", dedi Arum mutlaq chempionlik unvoni uchun kurashni tashkil qilish haqida Sky Sports nashriga bergan intervyusida. “Usikning jamoasini bilaman, ular yaxshi odamlar. Uning menejeri, promouteri, ajoyib insonlar. Va Usikning o‘zi ham ajoyib yigit. Menimcha, u bu jangni xohlaydi. O‘ylaymanki, bu jang bo‘ladi va umid qilamanki, tez orada bo‘ladi. Balki kelasi yilning boshida, katta ehtimol bilan esa bu dekabr oyida sodir bo‘lishi mumkin.  Men uning Usik bilan jang qilishini juda istardim. Ishonamanki, Fyuri Usik bilan jangda g‘alaba qozonsa, yana bir-ikki jang o‘tkazib, keyingi avlodga yo‘l ochadi”, — dedi Arum.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!