Bobousmon Boturov finalga yo‘l oldi. Uni hal qiluvchi jangda jiddiy raqib kutib turibdi

  • 26 fevral, 2021, 23:27
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Hozirgina Bolgariyada davom etayotgan “Stranja” turnirining yarim finalida -69 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Bobousmon Boturov hindistonlik Bora Naviga qarshi ringga ko‘tarildi.

Tecno

Birinchi raundda biroz klinchlar ostida o‘tgan bo‘lsa-da, yurtdoshimiz aniqroq harakat qildi. Qolgan ikki raundda katta ustunlik bilan Boturov raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Yakuniy ko‘rinish esa, hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra 5:0 hisobida hamyurtimizning g‘alabasi obousmon Boturov finalga yo‘l oldi.  

Endi, hamyurtimiz finalda ukrainalik Evgeniy Barabanovga qarshi jang qiladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!