
Bobousmon Boturov prof boksda yana ringga qaytmoqda, uning jang sanasi va raqibi ham ma’lum bo‘ldi
Boks bo‘yicha havaskorlar o‘rtasida Osiyo chempioni (2019, 2021), jahon chempionatining bronza medali sohibi (2019) Bobousmon Baturov (1-0) o‘zining professional yo‘nalishdagi ikkinchi jangini o‘tkazadi. Boturov 6 may kuni Rossiyaning Ekaterinburg shahrida, RCC kompaniyasi tomonidan o‘tkaziladigan oqshomda mezbonlar vakili Magomednuri Magomedov (1-0) bilan, 8 raund etib belgilangan bahsda to‘qnash keladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Boturov o‘zining debyutida rossiyalik Artyom Pugachni ochkolar hisobida mag‘lub etgan edi.
Fikrlar