
Bobousmon Boturovning navbatdagi raqibi bo‘lgan Makkormak biz uchun notanish emas. Uni qaysi bokschimiz mag‘lub etgan? (video)
Olimpiada o‘yinlari boks musobaqalarining -69 kg vazn toifasida jang o‘tkazgan Bobousmon Boturov raqibini 4:0 hisobida mag‘lub etgan holda chorak final bosqichiga yo‘l oldi. Uni ushbu bosqichdagi raqibi jahon chempionati kumush medalchisi, Evropa chempioni, kvalifikatsion turnir g‘olibi, birinchi raqam ostida saralangan britaniyalik Pet Makkormak bo‘ladi. Jang 30 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
Makkormak 2017 yil Germaniyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionati chorak finalida Shahram G‘iyosovga imkoniyatni boy bergan. 2019 yilgi chempionatning yarim finalida esa Boturovni mag‘lub etgan. Bu safar Boturov undan revansh olishga harakat qiladi.
Quyida ushbu ikki jangni qayta tomosha qilishingiz mumkin.
Fikrlar