Boga uchun kurashda "Napoli" favorit
"Sassuolo" klubi vingeri Jeremi Boga jamoasini o‘zgartirishga yaqin turibdi.
Tuttomercatoweb nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 23 yoshli ivuarlik futbolchiga "Napoli", "Barselona", "Borussiya", "Chelsi" va "Yuventus" klublaridan qiziqishlar bo‘lmoqda. Ammo, ular orasida neapolliklar favorit sifatida e’tirof etilyapti. Ular Boga uchun 20 mln evrodan voz kechishga tayyor.
Boga joriy mavsum “Sassuolo” safida 25 ta o‘yinda maydonga tushdi va 8 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar