Bogdan Gus'kovning revanш jangi bekor qilindi
Taniqli MMAchimiz Bogdan Gus'kov "UFC 328" turnirida polshalik Yan Blahovich(4-1-1 UFC)ga qarshi revanш o'tkazishi kerak edi.
Biroq so'nggi ma'lumotlarga ko'ra, Polsha vakili mashg'ulotlar paytida tizzasidan jarohat olgan va jangdan yechilgan. Sportchimizga yangi raqib beriladimi yoki yo'qligi haqida hozircha hech qanday xabar mavjud emas.
Eslatib o'tamiz, "UFC 328" turnirining markaziy to'qnashuvida Xamzat Chimaev amerikalik Shon Striklendga qarshi chempionlik kamarini himoya qiladi.

Fikrlar