
Boks. Ayollar terma jamoamiz jahon chempionati oldidan so‘nggi tayyorgarlikni olib bormoqda
Boks bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Hindistonning Nyu-Deli shahrida o‘tadigan jahon chempionatiga tayyorlanmoqda. Rejaga muvofiq, Elshod Rasulov murabbiyligidagi qizlarimiz musobaqadan avval ushbu shaharning o‘zida so‘nggi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazishmoqda.
Jahon chempionati 15 mart kuni boshlanadi. Mashg‘ulotlar maxsus texnik harakatlar va chigalyozdi mashqlari asosida olib borilmoqda. Eslatib o‘tamiz, ushbu dunyo birinchiligida quyidagi 10 nafar sportchi yurtimiz sharafini himoya qiladi:
-48 kg: Farzona Fozilova
-50 kg: Aziza Yakubova
-52 kg: Feruza Kazakova
-54 kg: Nigina O‘ktamova
-57 kg: Mahliyo Xabibullaeva
-60 kg: Sitora Turdibekova
-63 kg: Xadichabonu Abdullaeva
-66 kg: Navbahor Hamidova
-70 kg: Aziza Zokirova
-75 kg: Sohiba Ro‘zmetova
Manba: O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar