
Boks. Bahodir Jalolov mezbon bokschiga imkon qoldirmadi
Bugun musobaqaning yarim final janglari bo‘lib o‘tmoqda. +91 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Bahodir Jalolov final yo‘lida rossiyalik Maksim Babaninga qarshi ringga ko‘tarildi.
Qiziqarli tarzda kechgan jang yakunida hakamlar bir ovozdan hamyurtimizning g‘alabasini qayd etishdi. Shu tariqa, to‘rtinchi bokschimiz final yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, bunga qadar -52 kg vazn toifasida Shahobiddin Zoirov, -57 kg vazn toifasida Mirazizbek Mirzahalilov, -81 kg vazn toifasida esa Dilshodbek Ro‘zmetovlar final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.
Fikrlar