
Boks: Bobo Usmon Baturov yarim finalda
Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kun bahslari davom etmoqda.
Kun dasturidan o‘rin olgan boks bahslarining 69 kg vazn toifasining chorak final bosqichida hamyurtimiz Bobo Usmon Baturov koreyalik Xyun Chul Limga qarshi ringga ko‘tarildi.
Qiziqarli kechgan jangda vakilimiz 5:0 hisobida g‘alaba qozondi va yarim final bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Qayd etish lozim, hamyurtimiz final bosqichi oldidan tailandlik Saylom Ardi to‘sig‘ini engib o‘tishi lozim bo‘ladi.
Fikrlar