
Boks bo‘yicha jahon chempionatida terma jamoa sardori kim bo‘ladi? Bosh murabbiy javob berdi
Bugun boks bo‘yicha jahon chempionati oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda federatsiya mutasaddilari, murabbiylar va bokschilar ishtirok etdi. 25 oktabrdan - 6 noyabrgacha Serbiyaning Belgrad shahri mezbonlik qiladigan ushbu musobaqada ishtirok etuvchilar orasida Bahodir Jalolov kiritilmagach, terma jamoaga kim sardorlik qilishi ko‘pchilikni qiziqtirar edi. Terma jamoa bosh murabbiyi Marat Qurbonov ushbu e’tirofga jahon va Olimpiada o‘yinlari chempioni Shahobiddin Zoirovni loyiq ko‘rdi.
Boks bo‘yicha jahon chempionatiga boradigan tarkib rasman e’lon qilindi. Unda Bahodir Jalolov yo‘q
Fikrlar