Boks bo‘yicha JCh. Dilshodbek Ro‘zmetov musobaqani g‘alaba bilan boshladi

  • 10.09.2019 16:23
  • 0
  • Boks

Bugun musobaqaning ikkinchi kunida -81 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Dilshodbek Ro‘zmetov o‘zining dastlabki jangini o‘tkazdi. Mo‘g‘ilistonlik Shinebayar Narmandaxga qarshi ringga ko‘tarilgan hamyurtimiz hakamlarning bir ovozdan qabul qilgan qaroriga ko‘ra g‘alaba qozondi va (5:0) keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Uning bo‘lajak raqibi birozdan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

Dilshodbek Ro‘zmetov (O‘zbekiston) - Shinebayar Narmandax (Mo‘g‘iliston) 30:26, 30:27, 30:27, 30:27, 30:27

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!