
Boks bo‘yicha navbatdagi jahon chempionatining qaerda o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi
27 fevral, payshanba kuni Belgradda Xalqaro havaskor boks uyushmasi (AIBA) rahbari vazifasini bajaruvchi Muhammad Mustasan va Rossiya boks federatsiyasi bosh kotibi, shuningdek, AIBA ijroiya qo‘mitasi a’zosi Umar Kremlyov Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich bilan uchrashdi.
Ushbu yig‘ilishda AIBA ijroiya qo‘mitasining erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatini 2021 yil oktyabr oyida Belgradda o‘tkazish to‘g‘risida rasmiy qarori e’lon qilindi.
Rossiya boks federatsiyasining bosh kotibi Umar Kremlyov Vuchich bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv natijalari haqida batafsil gapirdi.
"Serbiya tomoni AIBA ijroiya qo‘mitasining erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatini Belgradda o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorini mamnuniyat bilan qabul qildi va tarixdagi eng yaxshi turnirni o‘tkazmoqchi. Vuchichga musobaqaning tashkiliy qo‘mitasini boshqarishni, men esa tashkiliy qo‘mitaning birinchi o‘rinbosari bo‘lishimni taklif qildik.
2019 yilda Ekaterinburgda bo‘lib o‘tgan jahon chempionati yuqori darajada bo‘lganini hamma eslaydi va biz o‘zimiz tashkiliy masalalarda Serbiyaga har tomonlama yordam berishga tayyormiz. Keyingi musobaqalar avvalgilaridan yaxshiroq bo‘lishi mutlaqo normal holat. Masalan, Rossiya 2020 yilda jamoaviy jahon kubogini o‘tkazadi va biz oldimizga ushbu musobaqalarni yanada kattaroq bo‘lishini maqsad qilib qo‘yganmiz.
Shuningdek, biz Vuchichga Belgradda boksni rivojlantirish markazini qurish loyihasini taqdim etdik va Serbiya tomoni bu taklifga qiziqish bildirganidan mamnunmiz. Shunday qilib, keyingi boksni rivojlantirish markazi Serbiyada quriladi. Bizning vazifamiz - butun dunyoda boksni rivojlantirish ", -dedi Kremlyov.
Fikrlar