Boks bo‘yicha Rossiya chempionati o‘z yakuniga etdi yoxud Tokio Olimpiadasidagi ehtimoliy raqiblarimiz bilan tanishing
Havaskor boks bo‘yicha eng jiddiy raqobatni mamlakatimiz charmqo‘lqop ustalariga Qozog‘iston, Kuba va Rossiya vakillari ko‘rsatishlari barchaga ma’lum. Ayniqsa, so‘ngi jahon chempionatida ruslar ham ajoyib natija ko‘rsatishdi. Qolaversa, oldimizda Tokio Olimpiadasi turibdi. Shuni inobatga olsak, Yaponiyada bokschilarimizning ehtimoliy raqiblari bo‘lishi mumkin bo‘lgan, rossiyalik charmqo‘lqop ustalari haqida ma’lumot muxlislarni bee’tibor qoldirmasa kerak. Shuni inobatga olib, Rossiya chempionatida g‘olib chiqqan bokschilarni e’tiboringizga havola etamiz. Albatta, bu bilan ushbu chempionat g‘oliblari aniq Olimpiadada qatnashadi deyish fikridan yiroqmiz. Chunki, hali yo‘llanmalar beruvchi turnirlar bor...
Bu galgi Rossiya chempionatiga Samara shahri mezbonlik qiladi. Turnirda bir qator kutilmagan natijalar ham bo‘lib o‘tdi. Misol uchun, Vasiliy Egorov, Aleksey Mazurlar finalda imkoniyat boy berib qo‘ydi.
Quyida, Rossiya chempionati g‘oliblari bilan tanishing:
- 49 kg
Edmond Xudoyan
- 52 kg
Rasul Saliev
- 57 kg
Albert Batirgaziev
- 60 kg
Jamol Badrutdinov
- 63 kg
Gabil Mamedov
- 69 kg
Shohabbos Maxmudov
- 75 kg
Maksim Koptyakov
- 81 kg
Imom Xataev
- 91 kg
Ivan Sagaydak
+ 91 kg
Ivan Veryasov
Gabil Mamedov Rossiya chempionatining eng yaxshi bokschisi deb topildi.
Umumjamoa hisobida Xanti-Mansiysk avtonom okrugi g‘olib bo‘ldi, ikkinchi o‘rin Moskva viloyati jamoasiga, uchinchi o‘rin esa Dog‘iston respublikasiga nasib etdi.
Turnirning mukofot jamg‘armasi 10 million rublni tashkil etdi. Rossiya chempionati g‘oliblariga 500 ming rubl miqdoridagi pul sertifikatlari va Lada Vesta avtomobilining kalitlari topshirildi. Kumush medal sovrindorlarining har biri 300 ming rubl, bronza medallari egalari esa har biri 100 ming rubldan olishdi. Sportchilarning shaxsiy murabbiylari ham taqdirlanadi.
Ekaterinburgadagi jahon chempionatida g‘olib bo‘lgan, Muslim Gadjimagomedov (-91 kg gacha), Gleb Bakshi (-75 kg gacha) va Andrey Zamkovoy (-69 kg gacha), shuningdek bronza medal sovrindori Maksim Babanin (+91) Rossiya chempionatidagi ishtirokidan ozod etilgan edi. Ushbu to‘rt bokschi bilan bir qatorda chempionatdagi qolgan vazn toifasi chempionlari Olimpiadaga yo‘llanma beruvchi musobaqalarda ishtirok etishadi.

Fikrlar