
Boks bo‘yicha Yaponiya terma jamoasi ustozi o‘zbek bokschilarining jahon chempionatidagi asosiy raqiblari kim ekanini aytdi (Intervyu)
O‘zbek boks ishqibozlariga yaxshi tanish bo‘lgan murabbiy Vladimir Shin ayni damda Yaponiya boks terma jamoasiga ustozlik qilayoganidan xabaringiz bor. O‘z davrida boks bo‘yicha jahon chempionligini qo‘lga kiritgan qahramonimiz yurtimizda kechayotgan jahon birinchiligi oldidan kattagina intervyu berdi.
Vladimir Nikolaevich aytingchi, boks bo‘yicha o‘tkazilayotgan jahon chempionati O‘zbekiston uchun ulkan voqea sifatida e’tirof etiladimi?
- Albatta. O‘zbekiston ilk bor o‘zida bu musobaqani qabul qilmoqda. Yurtimiz mezbonlikni qo‘lga kiritishi zamirida xalqaro maydonda bokschilarimizning muvaffaqiyatli ishtiroki yotibdi.
Bir necha mamlakatlar jahon birinchiligida ishtirok etishdan bosh tortdi. Bu musobaqa darajasini biroz pastroq bo‘lishiga sabab bo‘ladi?
- Ayrim vaznlarda, xolos. Agar umumiy qilib olsak, O‘zbekiston mezbonlik qilayotgan Jahon chempionati o‘ta yuqori darajada o‘tadi, deb o‘ylayman.
Sizni bugungi o‘zbek boks maktabining asosichilaridan biri, deb hisoblashadi. Aytingchi, yurtingizda bu sport turning bu qadar yaxshi rivojlanganinig sababi nimada?
- Bu aniq reja asosida bir necha yillar davomida mehnat qilgan murabbiylarning xizmati. Shuningdek, boks federatsiyamizning jonkuyarligi mevasi, deb hisoblayman. Ular birgalikda o‘zbek boksining eng muhim omillarini saqlab qolgan holda, uni yanada rivojlantirib borishdi.
Sizningcha, O‘zbekiston boks terma jamoasiga asosiy raqobatchi qaysi jamoa?
- Qozog‘iston, Kuba va Rossiya.
Aytingchi, boks O‘zbekistonda eng mashhur sport turimi? U o‘zining pik darajasiga chiqdimi yoki bundan ham kuchliroq avlod kelishi mumkinmi?
- Rivojlanishning chegarasi bo‘lmaydi. Men ayni damda yurtimiz boksi rivojlanishning yangi bosqichida ekanligidan xursandman. Buning barchasi bu sportni O‘zbekistonda yanada kengroq yoyilishi yo‘lida olib borilayotgan ishlar samarasi. Mamlakatimiz kelajak avlod sog‘lom etishib chiqishi va ularni sportda ulkan natijalarga erishishi uchun kerakli barcha ishni qilmoqda.
Ayni damda, Yaponiya boks terma jamoasi ustozisiz. Aytingchi, shogirdlaringizdan Toshkent ringlarida nimalar kutsak bo‘ladi?
- Darhaqiqat, Yaponiya terma jamoasida ish olib borishda davom etyapman. Birinchi navbatda, o‘tgan jahon birinchiligidagi natijani takrorlashga urinib ko‘ramiz. Agar imkoni bo‘lsa, uni yanada yaxshilamoqchimiz.
Manba: SPORTS.kz
Fikrlar