
Boks: Bugun harbiylar o‘rtasidagi jahon chempionatida uch vakilimiz finalga chiqish uchun jang qiladi
Ayni kunlarda Moskva shahrida boks bo‘yicha harbiylar o‘rtasidagi jahon chempionati asta-sekin hal qiluvchi bosqichga etib kelmoqda. Kecha to‘rt nafar qizlarimiz final yo‘lidagi o‘z janglarini o‘tkazib, bittasi ushbu bosqichga chiqqan va uch nafari bronza medali bilan cheklangandi. Bugun yana uch yurtdoshimiz finalga chiqish uchun ringga ko‘tariladi.
-60 kg: Shunqor Abdurasulov - Abdelnaser Benlaribi (Jazoir) (19:30dan so‘ng)
-64 kg: Mujibillo Tursunov - Aytjan Ashirxan (Qozog‘iston) (20:15dan so‘ng)
+91 kg: Lazizbek Mullojonov - Davit Chaloyan (Armaniston) (22:15dan so‘ng)
Janglarni shu erda tomosha qilishingiz mumkin.
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar