
Boks. Samandar Jalolov O‘zbekiston chempioni!
18:34, - 86 kg vazn toifasida ROPZM vakili Shohjahon Abdullaev Toshkent shahri bokschisi Samandar Jalolovga qarshi final jangida to‘qnash keldi. Ushbu qarama-qarshilikda Abdullaev 1-raundni o‘z foydasiga hal qildi. Biroq, jangni davom ettirmasligini bildirdi va shu tariqa jalolov O‘zbekiston chempioniga alandi. Abdullaev esa kumush bilan cheklandi. Surxondaryolik Aqmurod G‘afforov va Toshkent viloyati vakili Jo‘rabek Toshtemirov bronza medaliga ega chiqishdi.
18:19, -80 kg vazn toifasidagi final jangida Toshkent viloyati vakili To‘rabek Habibullaev va ROPZM vakili Jasurbek Yo‘ldoshevlar bahs yuritishdi. Juda ham keskin o‘tgan jangda Habibullaev 5:0 hisobida zafar quchdi va O‘zbekiston chempioniga aylandi. Kumush Yo‘ldoshevga nasib qilgan bo‘lsa, bronza medallari Andijon viloyati bokschisi Otabek Turdixo‘jaev va namanganlik Rahmatullo Boymatovga nasib etdi.
18:00, -75 kg vazn toifasida Namangan viloyati vakili A’loxon Abdullaev yoshlar terma jamoasi a’zosi Javohir Ummatalievga qarshi bahs yuritdi va 3:2 hisobida zafar quchdi va O‘zbekiston chempioni nomiga sazovor bo‘ldi. Shunday qilib, kumush medalni Ummataliev qo‘lga kiritgan bo‘lsa, buxorolik Alisher Ayubov hamda Qashqadaryo vakili Sardor Shomurodov bronza medalini qo‘lga kiritdi.
17:45, -67 va - 71 kg vazn toifasidagi finallar jarohatlar sababli o‘tkazilmadi.
17:38, - 63,5 kg vazn toifasida bir-biriga mos bo‘lgan raqiblar Andijon viloyati vakili Mujibullo Tursunov hamda Ruslan Abdullaev kuch sinashdi. Qiziqarli va murosasiz kechgan jangda Ruslan Abdullaev 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, O‘zbekiston chempioniga aylandi. Kumush medal Mujibullo Tursunovga nasib qilgan bo‘lsa, Toshkent viloyati vakili Adhamjon Muhiddinov hamda yoshlar terma jamoasi vakili Abdulloh Madaminov bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
17:26, - 60 kg vazn toifasidagi final jangida Surxondaryo viloti bokschisi Dilshod Abdumurodov yoshlar terma jamoasi a’zosi Asadbek Radjabovga qarshi bahs yuritdi. Anchagina qiziqarli kechgan to‘qnashuvda Abdumurodov 4:1 hisobida g‘alaba qozondi va mamlakat chempioniga aylandi. Shu tariqa kumush Radjabovga, bronza medallari esa Buxoro viloyati bokschisi Bahtiyor Asadov hamda yoshlar terma jamoasi a’zosi Sayat Ilyasovga nasib etdi.
17:03, -57 kg vaznda Farg‘ona viloyati vakili tajribali Mirazizbek Mirzaxalilov Toshkent viloti sharafini himoya qilayotgan Xudoynazar Fayzovga qarshi ringga ko‘tarildi. Mazkur qarama-qarshilikda tajribali Mirzaxalilov 5:0 hisobida zafar quchib, navbatdagi chempionlikni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi. Shu tariqa kumush Fayzovga, bronza medallari esa Andijon 1 jamoasi a’zosi Ayubxon Bahtiyorov hamda Andijon 2 jamoasi vakili Muhammadnuriddin Kimsanboevga nasib etdi.
16:50, - 54 kg vazn toifasidgi final jangida buxorolik Shahzod Muzaffarov Jizzax viloyati vakili Foziljon abdumurodovga qarshi jang qildi. Juda shiddatli kechgan jangda Muzaffarov 5:0 hisobida g‘alaba qozondi va yana bir bor O‘zbekiston chempioni nomiga sazovor bo‘ldi. Shu tariqa kumush Abdumurodovga, bronza medallari ROPZM vakili Ziyovuddin Alijonov va Surxondaryo viloyati bokschisi Xo‘janazar Nortojievga nasib etdi.
16:30, -51 kg vazn toifasida O‘zbekiston chempionligi uchun Buxoro vakili Asilbek Jalilov JTSU(Jismoniy tarbiya va sport universtiteti) vakili Muhammadqodir Mamirjonovga qarshi bahs yuritdi. Murosasiz o‘tgan jangda Jalilov 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, mamlakat chempioniga aylangan bo‘lsa, Mamirjonov kumush va Farg‘ona vakili Abdumajid Mannopov hamda Sohibjon Sodiqjonovlar bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
16:15, - 48 kg vazn toifasidagi ilk final jangida Farg‘ona viloyati vakili Shodiyorjon Meliqo‘ziev yana bir farg‘onalik Avazjon Yo‘ldoshevga qarshi jang qildi va unda Meliqo‘ziev 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Shu tariqa u O‘zbekiston chempioniga aylangan bo‘lsa, kumush mos ravishda Yo‘ldoshevga nasib etdi. Bronza medallari esa Toshkent shahri vakili Nodirjon Mirzaahmedov va Toshkent viloyati bokschisi Abduqayum Masharipovlarga nasib etdi.
16:00. Ayni damda boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining erkaklar o‘rtasidagi janglari start oldi. Ushbu xabarda matnli translyatsiya shaklida janglar natijalari bilan onlayn tanishib borishingiz mumkin.
Fikrlar