
Boks. Jalolov yarim finalda mag‘lubiyatga uchradi
Xabaringiz bor, 24 maydan 1 iyun kunigacha Tailandning Bangkok shahrida xalqaro turnir bo‘lib o‘tadi.
Bugun ham musobaqaning yarim final bahslari o‘tkazilmoqda.
-80 kg da Samandar Jalolov va xitoylik Tanglatihan Tuohetaerbieke qarama-qarshiligi o‘z nihoyasiga etdi. Dastlabki raundda ochkolar bo‘yicha ustunlikni qo‘lga kiritgan Jalolov keyingi raundlarda bittadan nokdaun holatiga tushib qoldi va musobaqani bronza medali bilan yakunlashga majbur bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda yana bir vakilimiz Nusratbek Tohirov va qozog‘istonlik Bekzat Tangatar to‘qnashuvi kutmoqda.
Fikrlar