Boks: Qizlarimizdan navbatdagi super sovg‘a... Nigina ham Osiyo chempioni
BAAning Fujayra shahridagi o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati juda muvaffaqiyatli davom etmoqda. -52 kg vazn toifasida Osiyo chempionatida ishtirok etgan qizimiz Nigina O‘ktamova ham qit’a chempioni degan nomga sazovor bo‘ldi. Finalda yurtdoshimiz hindistonlik Tannuni mag‘lubiyatga uchratdi va oltin medal sohibasiga aylandi!
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar