Boks. Sabina Boboqulova katta ustunlik bilan g‘alaba qozondi
Xabaringiz bor, 24 maydan 1 iyungacha Tailandda boks bo‘yicha "Thailand Open" turniri bo‘lib o‘tadi.
Ayni yarim final bahslari davom etmoqda.
-51 kg da ishtirok etayotgan vakilamiz Sabina Boboqulova ukrainalik Marinchuk Yaroslavaga qarshi ringga ko‘tarildi. Bokschimizning katta ustunligida kechgan bahs hisobda ham o‘z aksini topdi. Boboqulova 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda yana bir yurtdoshimiz Abdurahmon Rustamov va hindistonlik Gill Anshul to‘qnashuvi kutib turibdi.



Fikrlar