Boks. Shohjahon Ergashevning vaznidagi WBO chempioni Josh Teylor "taxtdan quladi" (video)

  • 11 iyun, 2023, 09:41
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Nyu York shahrida joylashgan "Madison Square Garden" arenasi navbatdagi professional boks oqshomiga mezbonlik qildi.

Tecno

Kechaning markaziy jangida super engil vazn toifasi (63,5 kg) WBO jahon chempioni Josh Teylor Teofimo Lopesga qarshi ringga ko‘tarildi. 

To‘liq 12 raund davom etgan bahs Lopesning ustunligida o‘tdi va u hakamlarning 115-113, 115-113, 117-111 hisobi bilan g‘alaba qozonib, Teylorning WBO kamarini tortib oldi.

Ushbu jangdan so‘ng ularning statistikasi bir xil 19-1 (13 nokaut) ko‘rinishiga keldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!