Boks. Shuhrat Abdullaev finalda bor mahoratini ishga soldi va oltin medalni qo‘lga kiritdi
Bugun Toshkentda boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining final bellashuvlari o‘tkazilmoqda.
Jumladan, -81 kg vazn toifasida Shohruxbek Rustamov (Farg‘ona) va Shuhrat Abdullaev ("Dinamo") o‘zaro chempionlik uchun ringa chiqishdi. Jang 4:1 hisobida Shuhrat Abdullaevning g‘alabasi bilan yakunlandi va u ham mamlakat chempioniga aylandi.

Fikrlar