
Boks. Tailandagi turnirda ishtirok etadigan hamyurtlarimizning dastlabki raqiblari ma’lum
Xabaringiz bor, 24 maydan 1 iyungacha Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha an’anaviy xalqaro turnir bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadigan ushbu musobaqaning qur’a tashlash marosimi yakunlandi. Quyida hamyurtlarimizning dastlabki raqiblarini bilib olishingiz mumkin.
Erkaklar:
-50 kg. Shodiyorjon Meliqo‘ziev (O‘zbekiston) - Jey Bryan (Filippin);
-55 kg. Faryozbek Do‘smatov (O‘zbekiston) - Aoran Bado (Filippin);
-60 kg. Madiyar Daniyarov (O‘zbekiston) - Maksim Vilasiyuk (Ukraina)
-65 kg. Sayat Ilyasov (O‘zbekiston) - Dong Xvan Jang (Janubiy Koreya) / Xunatib Pindnuch (Tainland);
-70 kg. Muhammadazizbek Ismoilov (O‘zbekiston) - Xemant Yadav (Hindiston);
-75 kg. Javohir Abdurahimov (O‘zbekiston) - Timur Nurseit (Qozog‘iston) / Velko Tan (Singapur);
-80 kg. Samandar Jalolov (O‘zbekiston) - Robert Muskita (Indoneziya);
-85 kg. Nusratbek Tohirov (O‘zbekiston) - Xusseyn Iashash (Iordaniya);
-90 kg. Elyorbek Jo‘raboev (O‘zbekiston) - Xaneul Jung (Janubiy Koreya);
+90 kg. Abdurahmon Rustamov (O‘zbekiston) - Daniyal Saparbay (Qozog‘iston) / Anshul Gill (Hindiston);
Ayollar:
-48 kg. Farzona Fozilova (O‘zbekiston) - Guo Yi Xuan (Xitoy Taypei);
-51 kg. Sabina Boboqulova (O‘zbekiston) - Van Chi (Singapur);
-54 kg. Feruza Kazakova (O‘zbekiston) - Inna Statkevich (Ukraina);
-57 kg. Nigina O‘ktamova (O‘zbekiston) - Vu Shih Yi (Xitoy Taypei);
-60 kg. Sitora Turdibekova (O‘zbekiston) - Sari Kokufu (Yaponiya) / Sanju (Hindiston);
-65 kg. Navbahor Hamidova (O‘zbekiston) - Suk Yong Kang (Janubiy Koreya)
-70 kg. Oysha Toirova (O‘zbekiston) - Anastasiya Chernokolenka (Ukraina);
-75 kg. Aziza Zokirova (O‘zbekiston) - Zu Yashu (Xitoy).
Fikrlar