Bokschilarimiz Boku turnirida ajoyib ishtirok etishmoqda

  • 31 mart, 2019, 09:30
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Ozarbayjon poytaxtida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘zining qizg‘in pallasiga kirmoqda. Ayni paytga kelib, musobaqaning yarim final bosqichiga yo‘l olgan barcha sportchilar nomi ma’lum. Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Tecno

Kecha jang qilgan 6 bokschimizdan 4 nafari g‘alaba qozondi va kamida bronza medalini o‘zlariga naqd qilib olishdi.

-52 kg: Foziljon Abdumurodov (O‘zbekiston) – Oljas Bayniyazov (Qozog‘iston)
-52 kg: Hasanboy Do‘smatov (O‘zbekiston) – Abay Kuandikov (Qozog‘iston)
-60 kg: Shukurjon Rahimov (O‘zbekiston) – Yazgeldi Gurbanov (Turkmaniston)
-69 kg: Iqboljon Xoldorov (O‘zbekiston) – Giorgi Doliashvili (Gruziya)
-75 kg: Okmurod Gafarov (O‘zbekiston) – Gular Sarxad (Turkiya)
-91 kg: Madiyar Saidrahimov (O‘zbekiston) – Rovshan Yagubzade (Ozarbayjon)

Shu tariqa, yarim finalga chiqqan bokschilarimizning umumiy soni 8 tani tashkil qilmoqda: Jasurbek Latipov, Nodirjon Mirzaahmedov (-49 kg), Hasanboy Do‘smatov (-52 kg), Shukurjon Rahimov (-60 kg), Iqboljon Xoldorov (-69 kg), Xurshid Abdullaev (-81 kg), Madiyar Saydrahimov, va Obidjon Toxirov (+91 kg)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!