Bokschilarimiz Chechenistondagi turnirda 5 ta medalni qo‘lga kiritdi

  • 18 avgust, 2022, 21:39
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Rossiya Federatsiyasi Checheniston Respublikasida boks bo‘yicha Axmat-Xoji Qodirov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir o‘z nihoyasiga etdi.

Tecno

Rossiyaning bir necha hududi, Qozog‘iston, Belarus, Isroil, Ozarbayjon, Misr va O‘zbekistondan bokschilar ishtirok etgan musobaqa bugun o‘z nihoyasiga etadi. 

Musobaqa yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 3 ta oltin va 2 ta kumush medalni qo‘lga kiritishdi.

Terma jamoamiz safida sovrindorlar ro‘yxati quyidagicha bo‘ldi: 

Oltin: 

-54 kg: Hasanboy Do‘smatov

-60 kg: Dilshod Abdumurodov

-86 kg: Shohjahon Abdullaev

Kumush:

-63,5 kg: Ruslan Abdullaev

-80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
араббаевич давлат
19/08/2022 16:22
гап йук офарин.