
Boksimiz yulduzlari Toshkentda kutib olindi (Foto)
Yaxshi bilasiz, 3 aprel kuni Toshkent shahrida professional boks oqshomi tashkil etiladi.
Jang oqshomi doirasida O‘zbekistonning ko‘zga ko‘ringan bokschilari prof boksda navbatdagi janglarini o‘tkazishadi. Kechaning markaziy jangida ikki yo‘nalishda jahon chempioni Murodjon Ahmadaliev yaponiyalik Ryosuke Ivasaga qarshi jang qiladi.
28 martga o‘tar kechasi soat 01:55 da bir qator bokschilarimiz, jumladan Murodjon Ahmadaliev, Isroil Madrimov, Shahram G‘iyosov, murabbiy To‘lqin Qilichev, bokschilarimizning prof ringdagi murabbiyi Joel Diaz va boshqalar yurtimizga etib keldi.
Ular Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi. Kutib olish marosimida O‘zbekiston boks federatsiyasi rahbariyati, federatsiya mutasaddilari, muxlislar, OAV xodimlari ishtirok etdi.
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar