Bo‘lajak jahon yulduzi "Inter"ga o‘tadi

  • 1 iyun, 2020, 13:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" rahbariyati "Breshiya" klubi bilan yarim himoyachi Sandro Tonali transferi borasida kelishuvga erishdi.

Tecno

Corriere Della Sera nashri xabariga ko‘ra, milanliklar 20 yoshli futbolchi bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi. Unga ko‘ra, Tonali yiliga 2,5 million evro ishlab topadi.

"Breshiya" "yangi Pirlo" transferi uchun 50 million evro talab qilmoqda. "Inter" esa Ikardining PSJga transferidan kelgan byudjetni Tonalining transferiga sarflamoqchi.

Joriy mavsumda xavbek A Seriyada 23 ta o‘yinda maydonga tushib, bir gol va besh golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!