Bonuchchi: Bizning himoyamiz “Barselona” nikidan kuchliroq

  • 10 aprel, 2017, 16:50
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor ertaga Chempionlar ligasi chorak final uchrashuvlariga start beriladi. Shu kuni “Yuventus” “Barselona”ga qarshi maydonga tushadi. O‘yindan oldin turinliklar himoyachisi Leonardo Bonuchchi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

“Bizni himoyamiz kataloniyaliklarnikidan kuchli. Kuchli himoya esa bizga ustunlik beradi. Men “Barselona”ni o‘rganib chiqdim va ular qanday o‘ynashini bilaman.

Ayni damda “ko‘k-anor ranglilar” 2015 yilgidagidek kuchli emas deb hisoblayman. Mening fikrimcha Chempionlar ligasining bu mavsumida g‘oliblik uchun “Bavariya” asosiy nomzod hisoblanadi”, - deydi Bonuchchi El Pais nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” – “Barselona” jamoalari o‘rtasidagi bahs ertaga Toshkent vaqti bilan soat 23:45da start oladi.

Iguain: “Yuventus” va “Barselona”ni bir-birlarini hurmat qiladi

Italiya Kubogi. “Yuventus” “Napoli”ga mag‘lub bo‘ldi, biroq finalga chiqdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!