Bonuchchi EChL 1/8 finalida "Yuventus" qaysi jamoaga to‘qnash kelmasligini xohlashini aytdi

  • 29.11.2019 18:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning “Yuventus” klubi himoyachisi Leonardo Bonuchchi Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichida “Tottenxem”ga to‘qnash kelib qolmaslikni xohlamoqda.

Tecno

Ta’kidlash kerakki, “Yuventus” o‘zi ishtirok etyotgan “D” guruhida muddatidan avval 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi, “Tottenxem” esa “V” guruhida 2-bo‘ldi. Shu bois ushbu jamoalarning keyingi bosqichda to‘qnash kelib qolish ehtimollari mavjud.

“Agar menga Chempionlar ligasi 1/8 finalida to‘qnash kelishni xohlamagan jamoani tanlash kerak imkoniyati berilsa, men “Tottenxem”ni aytgan bo‘lardim. Chunki, Joze Mourino ularga muhim bellashuvdan avval qo‘shimcha ustunlik berishi mumkin. Fevralgacha hali ko‘p narsalar o‘zgarishi mumkin, ammo Maurisio Pochettinoga hurmat saqlagan holda aytishim mumkinki, “shporlar” yangi murabbiy qo‘l ostida yana poygaga qo‘shilishdi”, - deydi italiyalik futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!