Bonuchchi faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin

  • 2 iyul, 2017, 11:10
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Agar Leonardo Bonuchchi “Yuventus”dan ketadigan bo‘lsa, u holda futbolchi katta ehtimol bilan faoliyatini “Barselona”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Tuttosport nashri xabar tarqatmoqda.

Ta’kidlash kerakki, so‘nggi paytda “Chelsi” va “Manchester Siti” 30 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun jiddiy harakat boshlagan edi. Biroq, “Yuventus” ushbu takliflarga javoban, o‘zining tajribali futbolchisini sotish niyatida emasligi haqida aytib o‘tgan. Biroq, agar futbolchining o‘zi jamoadan ketishni istasa, u holda turinliklar bu boradagi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, Italiya terma jamoasi a’zosi “Yuventus”da 2010 yildan buyon to‘p surib kelyapti. Uning transferi esa tahminan 70 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!