
Bonuchchi Ronalduni nimaga o‘xshatdi?
"Yuventus" klubi himoyachisi Leonardo Bonuchchi portugaliyalik jamoadoshi Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.
“Ronaldu barqarorligi uchun ham ajoyib futbolchi hisoblanadi. U hamma narsani diqqat bilan kuzatib boradi va o‘ziga zarar etkazishi mumkin bo‘lgan eng kichik narsaga ham e’tibor beradi. O‘yindan so‘ng biz uyga kechasi soat 2 da qaytamiz, u esa tezroq tiklanishi uchun soat 3 da sovuq vanna qabul qiladi. U hamisha eng zo‘ri bo‘lishni xohlaydi. U jangovar mashinaga o‘xshaydi”, - deydi italiyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Ronalda "Yuventus" safiga 2018 yil "Real" Madriddan ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar