
Bonuchchi yozda "Real"ga o‘tishi mumkin
Turinning "Yuventus" klubi himoyachisi Leonardo Bonuchchi mavsumlar oralig‘ida "Real"ga o‘tishi mumkin. Bu haqda Calciomercato nashri xabar tarqatmoqda.
Uning “keksa sinora”dan ketishiga sabab sifatida jamoadoshi Moyse Kinga nisbatan irqchilik kayfiyatida gapirgan gaplari sabab bo‘lishi mumkin. Aytish kerakki, Bonuchchining ushbu so‘zlaridan so‘ng ko‘plab futbolchilar uni qora tanlilarga nisbatan irqchilik qilishda ayblashgan edi.
O‘z navbatida “Real” Bonuchchini yozda jamoadan ketadigan Rafael Varanga munosib o‘rinbosar sifatida qaramoqda.
Fikrlar