Bonuchchi "Yuventus"ni tark etishga qaror qildi

  • 20.06.2023 16:00
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Markaziy himoyachi Leonardo Bonuchchi Turinning “Yuventus” klubini tark etish haqida o‘ylamoqda. Futbolchi “keksa senora”da asosiy tarkib o‘yinchi bo‘ladigan jamoaga o‘tmoqchi, deb xabar beradi "Tuttosport".

Bonuchchi Italiya terma jamoasining Evropa chempionati - 2024 uchun arizasiga, agar jamoa u erda saralashdan o‘tsa, kirish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun bu qadamni qo‘yishga qaror qildi. Leonardo uchun xaridor klublar hali ma’lum emas.

36 yoshli himoyachining "Yuventus" bilan shartnomasi 2024 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. "Transfermarkt" portali 36 yoshli himoyachini 1,5 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!