"Bo‘rilar" Mersisayd klubini mag‘lub etdi

  • 2 noyabr, 2021, 03:02
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

APL 10-turidan o‘rin olgan "Vulverxempton" - "Everton" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda maydon egalari 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi. 

28-daqiqada Kilman o‘yinda hisobni ochgan bo‘lsa, biroz o‘tib Ximenes farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. 66-daqiqada Ivobi jamoasining yagona goliga mualliflik qildi. 

Ushbu natijadan so‘ng "bo‘rilar" ochkolari sonini 16 taga etkazib, 7-pog‘onaga ko‘tarilib oldi. 14 ochkosi bor "irischilar" ayni damda 10-o‘rinni band etib turibdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!