
Borna Chorich ispan tennischisini Mayamida ketkazib yubordi
Xorvatiyalik tennischi Borna Chorich va ispaniyalik Roberto Kabrales-Baena Mayamida o‘tayotgan musobaqada o‘zaro kuch sinashdi.
Ular o‘rtasidagi uchrashuv turnirning ikkinchi davrasidan o‘rin egalladi. Unda Borna raqibini uch setda, - 7:6, 0:6, 6:2 hisobida engdi.
Shu tariqa "Miami Open"ning uchinchi davrasiga yo‘l olgan Chorichga frantsiyalik Jeremi Shardi qarshilik ko‘rsatadigan bo‘ldi.
Fikrlar