«Bornmut» «Sevilya» himoyachisi Sanchesni sotib olganini ma'lum qildi
Ispaniyalik himoyachi Xuanlu Sanches Angliyaning «Bornmut» klubi safini toʻldirdi. Bu haqida jamoa rasmiy sayti orqali maʼlum qilindi.
«Bornmut» «Sevilya» tarkibidan istiqbolli oʻng qanot himoyachisi Xuanlu Sanchesni oʻz safiga qoʻshib olganini mamnuniyat bilan eʼlon qiladi. 22 yoshli futbolchi La Liganing asosiy jamoalari tarkibida 100 dan ortiq oʻyin oʻtkazgani uning jiddiy tajribaga ega ekanini koʻrsatadi.
Yosh himoyachi Yevropa klub futbolining eng nufuzli musobaqalarida ham maydonga tushgan. U Chempionlar ligasida olti oʻyinda ishtirok etgan, shuningdek, 2022/2023 yildagi Yevropa ligasidagi gʻalabadan soʻng oʻtkazilgan UEFA Superkubi finalida «Sevilya»ning «Manchester Siti»ga qarshi uchrashuvida ham maydonga tushgan.
2024 yilda esa Xuanlu xalqaro maydonda oʻz mahoratini yana bir bor namoyish etdi — u Parijda boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiya oʻyinlarida Ispaniya terma jamoasi tarkibida oltin medalni qoʻlga kiritdi», — deyiladi klub bayonotida.

Fikrlar