“Borussiya” 120 mln funtlik Sanchoga javob berib, o‘rniga 2 mln evro turadigan futbolchi olyapti
“Borussiya” rahbariyati grandlar nishonida turgan Jeydon Sanchoni ortiq ushlab turmaslikka qaror qildi. Dortmundliklar ingliz futbolchisi o‘rnini bosadigan boshqa o‘yinchi topdi.
“Borussiya” yozgi transferlar vaqtijda “Shtutgart”da o‘ynayotgan Tangi Kulibalini olib keladi. 19 yoshli frantsiyalik futbolchi tez orada Jeydon Sanchoning darajasida o‘yin ko‘rsatishiga ishonch bor.
Bundesligada ilk mavsumini o‘tkazayotgan Tangi Kulibali 14 ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi. U “Borussiya”ga qarshi o‘yinda ham dortmundliklar darvozasini ishg‘ol qilgan edi.
Kulibalining “Shtutgart” bilan shartnomasi 2023 yilning yozigacha davom etadi va uning transferi atigi 2 million evroga baholangan.

Fikrlar